"Everton" "Arsenal" hujumchisini sotib oldi

  • 08.08.2019 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Arsenal” klubi forvardi Aleks Ivobi “Everton”ga ko‘chib o‘tdi.

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli nigeriyalik futbolchi yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida “irischilar” bilan shartnoma imzoladi. Biroq, “kanonirlar” hozircha bu transferni rasman e’lon qilishgani yo‘q.

Sky Sports nashrining yozishicha Ivobining transferi “Everton”ga 35 mln funtga tushgan.

Ma’lumot uchun, Ivobi APLda so‘nggi 4 mavsumda jami 100ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 19ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!