
"Everton" Chempionshipning eng qimmat futbolchilaridan birini sotib oldi
Mersisaydning "Everton" klubi "Sautgempton"dan 19 yoshli hujumchi Tayler Diblingni transfer qilganini e’lon qildi. Futbolchi bilan shartnoma 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Dibling yangi klubida 20-raqam ostida harakat qiladi.
Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, "iriskalar" Taylerning transferi uchun 40,5 million evro to‘lagan.
Avvalroq, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Bavariya" va "Leyptsig" klublari qiziqish bildirgan edi.
O‘tgan mavsumda Dibling barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar