
"Everton" Evertonga qiziqmoqda
"Gremio" klubi hujumchisi Everton Soares "Everton" klubi qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda ESPN.
Liverpul klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yangi xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda. Shu sababli "mersisaydliklar" braziliyalik futbolchining transferi uchun byudjetidan 30 million evro ajratishmoqchi.
Joriy mavsumda 42 o‘ta bahsda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta gollik uzatma muallifi bo‘lgan 23 yoshli futbolchining "Gremio" bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi.
Fikrlar