"Everton" hujumchisi "Zenit"ga o‘tishi mumkin

  • 05.07.2019 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Everton" klubi forvardi Anri Onekuru faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sporx nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli futbolchiga Moskvaning TsSKA klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Armiyachilar” ayni damda uning transferi masalasida “irischilar” bilan muzokara olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Onekuru o‘tgan mavsumni Turkiyaning “Galatasaroy” klubida ijarada o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, TsSKA bundan avvalroq “Everton”ning boshqa bir futbolchisi – Nikola Vlashichni sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!