"Everton" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olishni ko‘zlamoqda

  • 11.04.2026 17:55
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz faoliyatini APLning boshqa klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Football Insider" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Stounzning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi. Katta ehtimol bilan himoyachi yangi bitim imzolamay, erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Jonga allaqachon xaridor ham paydo bo‘lgan. Hozirda "Everton" futbolchini sotib olishga harakat qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli himoyachi 2016 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 292 ta bellashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 19 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!