
"Everton" PSJ bilan tuzilgan shartnomani buzmoqchi
"Everton" yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida "Pari Sen-Jermen"ga ijaraga bergan hujumchisi Moyze Kinni qaytarib olmoqchi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchini qaytarishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xohlamoqda. Gap shundaki, italiyalik mutaxassis jamoaning asosiy hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinga munosib o‘rindosh olib kelmoqchi. Agar bu amalga oshsa, “Everton” ijara shartnomasini muddatidan avval buzganligi uchun PSJga 2 mln evro tovon puli to‘lashi lozim.
20 yoshli Kin joriy mavsum PSJ safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar