"Everton" "Real" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda APL klubiga o‘tishi mumkin. Ayni damda futbolchi "Bavariya"da ijara asosida to‘p surmoqda.
Ispaniya matbuotiga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi xizmatlariga "Everton" klubi da’vogarlik qilmoqda. Xabar qilinishicha, ushbu transferga klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, xavbek uchun APLning yana bir boshqa klubi "Vulverxempton" ham da’vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar