"Everton" rekord miqdorda qarzdorlikka ega, Anchelotti qiyin ahvolda

  • 5 yanvar, 2020, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub shu bois harajatlarni qisqartirmoqchi. "Irislar" boshqaruviga 2016 yilda Farxad Moshiri kelganidan so‘ng transferlar uchun 450 mln funt (528 mln evro) sarf etildi.

Tecno

Futbolchilarning maoshi uchun to‘lanadigan pul miqdori kirimlar miqdoriga nisbati UEFA belgilab bergan "qizil chiziq"qa etib bordi. Bundan tashqari yangi stadion qurilishiga va murabbiylarga berilgan tovon puli ham qo‘shimcha harajatlarning oshishiga olib kelgan.

Shu bois jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishki transfer oynasi vaqtida u qadar katta mablag‘ sarflay olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!