
Evloevni to‘xtatib bo‘lmayapti yoxud prelim kardda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing
Xabaringiz bor, ayni paytda AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC 310" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Quyida prelim kardda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Dominik Reyes 2-raundda Entoni Smitni texnik nokautga uchratdi;
Movsar Evloev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Aldjameyn Sterlingni mag‘lub etdi;
Brayan Battl ochkolar bo‘yicha Rendi Braun ustidan g‘alaba qozondi;
Erik Anders 2-raundda Kris Uaydmanni texnik nokaut qildi;
Joshua Van hakamlarning yakdil qarori bilan Kodi Dyordendan ustun keldi (29-28, 30-26, 30-27);
Maykl Keza 3-raundda Maks Griffinni sabmishn evaziga engdi;
Chaeyz Xuper 1-raunddayoq Kley Guidani sabmishn orqali taslim qildi;
Kennedi Nzechukvu 1-raundda Lukash Brjeskini texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar