
Evro-2020. Bugun Portugaliya, Frantsiya Ispaniya o‘ynaydi. Markaziy o‘yin "Alyants Arena"da!
Bugun, 19 iyun kuni "Evro-2020" 2-turining so‘nggi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Dastavval, "F" guruhida Vengriya hamda Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Budapeshtdagi "Puskas Arena" stadionida o‘tadigan mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
21:00 da esa Myunxendagi "Alyants Arena" stadionida Portugaliya - Germaniya qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Kunning so‘nggi uchrashuvi esa (Toshkent vaqti bilan 00:00) Sevilyadagi "Estadio Olimpiko de Sevilya" stadionida Ispaniya va Polsha terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Barcha bahslar "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar