
"Evro-2020" finalini qaysi hakam boshqaradi?
UEFA Angliya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi Evropa chempionati finalini boshqaradigan hakamni e’lon qildi.
“Evro-2020”ning hal qiluvchi uchrashuvi niderlandiyalik Born Kuypersga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi.
VAR tizimida germaniyalik Bastian Dankert ishlaydi. Unga hamyurtlari Kristian Gittelmann va Marko Frits hamda niderlandiyalik Pol van Bukel yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida ispaniyalik Karlos del Serro ko‘rsatilgan.
Italiya – Angliya uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar