
“Evro-2020”: Frantsiya termasida mojaro. Eng zo‘r hujumchi Mbappeni xafa qilishdi!
Evropa chempionati boshlanayotgan bir paytda chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lgan Frantsiya terma jamoasi o‘yinchilari o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Olive Jiru yosh hujumchi Kilian Mbappe xafa qilib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, jurnalistlar savoliga javob berish jarayonida “Chelsi” hujumchisi o‘yinlarda unga kam pas oshirishlarini va bu natijaga ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan. Bu Kilian Mbappega tegib ketgan. Kilian kun bo‘yicha yomon kayfiyatda yurdi.
Olive Jiru xatosini tan olib, yosh hujumchidan uzr so‘radi, o‘z gapida Mbappeni emas, Benjamin Pavar va Ngolo Kante bilan bog‘liq vaziyatni nazarda tutganini aytdi, hatto mashg‘ulotlarda Mbappega ko‘p pas berishga harakat qildi. Lekin PSJ hujumchisining munosabati o‘zgarmadi.
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ham hali ularni yarashtirib qo‘ya olgani yo‘q. Ichki muhit natijaga ta’sir qiladi. Kilian Mbappe yosh bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy etakchi hisoblanadi.
Fikrlar