"Evro-2020" mezbonlari soni qisqarmaydi
Sky Sports’ning UEFAdagi manbasi “Evro-2020” mezbonlarining kamaytirilishi haqidagi mish-mishlarni inkor etgan.
“Biz avvalgi o‘yin jadvallarini saqlab qolish va ularni rejalashtirilgan shaharlarda o‘tkazish niyatidamiz. Biroq, o‘yinlar taqvimi hali rasman tasdiqlanmagan. Bu borada musobaqa mezboni hisoblangan 12 ta shahar bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deydi UEFA vakili.
Ta’kidlash kerakki, “Evro-2020” o‘yinlari Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Baku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopengagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amsterdam shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar