
"Evro-2020". Shevchenko boshchiligidagi Ukraina Shvetsiyani taslim qildi va chorak finalga chiqdi
Hozirgina Evropa chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Shvetsiya va Ukraina terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:2 hisobida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g‘olib jamoa safida gollarni Aleksandr Zinchenko 27' va Artyom Dovbik 120' kiritgan bo‘lsa, shvedlarning yagona javob goliga Emil Forsberg 43' mualliflik qildi.
Endi Ukraina musobaqaning chorak finalida Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar