“Evro-2024”: Hozircha zo‘r o‘yinchilar shular!

  • 7 iyul, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

WhoScored tahliliy internet portali Germaniyada o‘tkazilayotgan Evropa chempionatining chorak finalida o‘ynagan futbolchilarning ramziy terma jamoasini tuzdi.

Unga quyidagi futbolchilar kiritildi:

Darvozabon:

Unay Simon (Ispaniya).

Himoyachilar:

Nunu Mendesh (Portugaliya), Stefan de Vrey (Niderlandiya), Pepe (Portugaliya), Bukayo Saka (Angliya).

Yarim himoyachilar:

Mikel Merino (Ispaniya), Florian Virts (Germaniya), Jud Bellingem (Angliya).

Hujumchilar:

Daniel Olmo (Ispaniya), Memfis Depay (Niderlandiya), Usmon Dembele (Frantsiya).

Evropa chempionatini chorak finalda Germaniya, Portugaliya, Shveytsariya va  Turkiya terma jamoalari tark etdi.

Final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda Angliya – Niderlandiya, Ispaniya – Frantsiya juftliklari o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!