
"Evro-2024" kashfiyotlaridan biri "Benfika"ga o‘tdi
"Benfika" "Evro-2024" turnirining kashfiyotlaridan biri Kerem Akturko‘g‘lini "Galatasaroy"dan 12 million evro evaziga sotib olganini e’lon qildi. Shartnomada yana bonuslar ham berilishi ko‘zda tutilgan.
25 yoshli vingerning o‘zi Portugaliya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. "A Bola" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi keyinchalik sotilganda turk klubi 10% ulush oladi. Akturko‘g‘lining maoshi yiliga 2 million evro atrofida bo‘ladi. Belgilangan tovon puli miqdori esa, 60 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq Turkiya terma jamoasi futbolchisi "Spartak"ga o‘tishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar