
"Evro-2024" saralash. Ispaniya ishonchli hisobda zafar quchdi. Shotlandiya - Norvegiya o‘yinida jangovar durang qayd etildi
"Evro-2024" saralashining so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ispaniya Gruziyani 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, Shotlandiya Norvegiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Ispaniya - Gruziya bahsida dastlab Le Normand hisobni ochgan bo‘lsa, 10-daqiqada Xvicha imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 55-daqiqada esa Torres jamoasini oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Lochoshvili o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa, ispanlar guruhda 21 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi.
Shotlandiya - Norvegiya o‘yinida 3-daqiqada Dyonnum hisobni ochdi. Makgin esa 13-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng Larsen mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Estigor hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Armstrong 59-daqiqada o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 86-daqiqada esa Elyunussi shotlandlarni qutqarib qoldi.
Ushbu durangdan keyin Shotlandiya ikkinchi o‘ringa tushib koldi.
Fikrlar