
"Evro-2024" saralash. Italiya va Angliya ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan ayrim uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Unda Angliya Maltani 2:0 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Italiya Shomoliy Makedoniya ustidan zafar quchdi.
Angliya - Malta o‘yinida dastlab 8-daqiqada Pepe o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob ochildi. 75-daqiqada esa Keyn oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa, Angliya "C" guruhidan o‘rin olgan Angliya ochkolari sonini 19 taga etkazib oldi.
Italiya - Shimoliy Makedoniya uchrashuvining birinchi taymida italiyaliklar 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Atanasovning dubliga esa Raspadori va El Shaaravi gol bilan javob qaytarib, hisobni yiriklashtirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Italiya guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar