"Evro-2024" saralashi. Shvetsiya Ozarbayjonga mag‘lub bo‘ldi, Avstriya ishonchli hisobda zafar quchdi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom etadi. "F" guruhidagi jamoalar o‘rtasidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi. Unda Ozarbayjon Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Avstriya 2:0 hisobi bilan Estoniyani taslim qildi.
Ozarbayjon - Shvetsiya uchrashuvida Mahmudov 3-daqiqada hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Dadashev farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi, 89-daqiqada esa Mahmudov yana bir o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Mazkur o‘yindan keyin Shvetsiya guruhda 3, Ozarbayjon esa 4-pog‘onada qoldi.
Estoniya - Avstriya bahsining 26-daqiqasida Laymer jamoasini oldinga olib chiqdi, birinchi taym so‘nggida Lenxart ham mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu g‘alaba orqali Avstriya guruh peshqadamiga aylandi.
Fikrlar