Evropa chempionati rekordchisi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

  • 21 iyun, 2021, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha chempionatida ishtirok etuvchi "Pogon" klubi yarim himoyachisi Kasper Kozlovski faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 17 yoshli polshalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" va "Kalyari" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Uning ayni damdagi transfer narxi 5 million evroga baholanmoqda.

Qayd etish lozimki, Kozlovski hozir Polsha terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, u Evropa chempionatlari tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U 17 yosh 246 kunlik paytida qit’a chempionatida maydonga tushdi.

Polsha terma jamoasi "Evro-2020"dagi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!