Evropa chempionati saralash bosqichida Germaniya 2007 yildan buyon ilk bor o‘z uyida yutqazdi

Evro-2020 saralash bosqichida Germaniya Gollandiya (2:4) terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Bu Germaniyaning 2007 yildan buyon ushbu musobaqa saralash bosqichida o‘z uyida ilk bor mag‘lubiyatga uchrashi edi.

Evro-2008 saralash bosqichida 2007 yili nemislar o‘z uylarida Chexiya (0:3)ga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 saralash bosqichida Germaniya "C" guruhida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan o‘rin olib tuirbdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!