Evropa chempionlar ligasi unvoni orzusiga erisha olmagan top-5 klub

  • 19 mart, 2020, 12:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi jahon futbolining eng mashhur va eng ko‘p muxlis yig‘a oladigan turniri hisoblanadi. Xaftaning seshanba va chorshanba tunlarini bedor o‘tishga majbur qiladigan ushbu liga sovrindori bo‘lishni Evropaning barcha klublari orzu qilishadi. Xattoki, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari, amaldagi klublari ushbu ligada atiga bir mavsum ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishsa ham, o‘ziga yangi klub qidirib qolishadi.

Tecno

So‘nggi o‘n yillikda arab shayxlari va amerikalik biznesmenlarning katta sarmoyasi ortidan kuchli beshlik chempionatlarining bir qancha klublari raqobatbardosh jamoa sifatida shakllanishdi, milliy chempionatlari g‘olibligini qo‘lga kiritishdi va etarlicha muxlisga ega bo‘lishdi.

Biz esa top-5 besh chempionati klublari o‘rtasida Evropa chempionlar ligasi unvoni ishqida hali hamon yonayotgan top-5 klublar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

5. "Tottenxem" (Angliya)

O‘ziga hos omadsiz klublar ro‘yxatini Londonning "Tottenxem"i ochib beradi. O‘zining 150 yillik tarixi davomida ikki marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan "shporlar" Chempionlar ligasi finalida faqatgina bir marotaba, aniqrog‘i turnirinng o‘tgan yilgi bosqichida to‘p surishdi.

Ushbu mavsum avvalida yangi stadionni qurib bitirgan londonliklar rahbariyatining ushbu orzusini balki Joze Mourino amalga oshira bilar, biroq avvalo Mour shogirdlari bilan birgalikda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishlari kerak bo‘ladi.

4. "Arsenal" (Angliya)

Angliyaning eng sovrindor klublaridan biri hisoblanadigan "kanonirlar" evro arenalaridagi natijalari bilan maqtana olmasligi aniq. Yaqin vaqtlargacha Evropa chempionlar ligasining doimiy ishtirokchisi bo‘lgan "Arsenal" 2006 yilda turnirning final bosqichiga yo‘l olgan, biroq o‘shanda "Barselona"ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi.

3. "Atletiko Madrid" (Ispaniya)

O‘z futbol akademiyasi orqali La Ligada "Real" va "Barselona"ga etarlicha bosh og‘riq bo‘ladigan "matraschilar" Chempionlar ligasi finali yo‘llanmasini uch marotaba qo‘lga kiritgan, biroq ularning ikkitasida hamshaharlari "Real"ga va bir marotaba "Bavariya"ga imkoniyatni boy bergan.

2. "PSJ" (Frantsiya)

2011 yilda arab shayxlari tomonidan moliyalishtirilishi boshlangan parijliklar Frantsiyada haqiqiy gegemon klubga aylanishni uddlashadi. O‘tgan etti sakkiz mavsum davomida faqat bir marotaba "Monako"ga mamlakat chempioni bo‘lish imkoniyatini berishdi. Nasir Al-Xelayfi rahbarligida klub dunyoning eng yirik transferlarini amalga oshirishdi, biroq Evroarenalarda faqatgina tarixiy kembeklar qurboniga aylanishdan narisiga o‘ta olishmayapti.

1. "Manchester Siti" (Angliya)

"Shaxarliklar"dan boshqa bir klub ushbu ro‘yhatda birinchilik uchun da’vogarlik qila olmasa ham kerak. Klub yirik transferlar, eng kuchli tarkib va Pep Gvardiola bilan ham evrokuboklarda yarim finaldan o‘tishni uddalay olishmayapti. Agar bu mavsum koronavirus pandemiyasi sabab Chempionlar ligasi muddatidan avval to‘xtatiladigan, yoki "shaxarliklar" finaldan oldin turnirni tark etiadigan bo‘lishsalar, unda "Man Siti" muxlislari UEFAning sanksiyasi ortidan yana ikki mavsum Evrokuboklar orzusi bilan yashashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!