Evropa Chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytishdi

  • 10 sentabr, 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Statistikaga ixtisoslashgan Opta markazi mutaxassislari superkompyuter yordamida Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumida qaysi jamoa g‘olib chiqishini hisoblab chiqdi.

Tecno

Opta Analyst tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, qit’aning eng nufuzli musobaqasida “Liverpul”ning g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori baholandi. Sun’iy intellekt Arne Slot jamoasining g‘alabasiga 20,4 foiz ko‘rsatkich berdi.

Keyingi natija “Arsenal”ga tegishli bo‘lib, londonliklarning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 16 foizga tengligi aytilmoqda.

Xalqaro turnirning amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”ning chempionlikni saqlab qolish imkoniyati 12,1 foizga teng ekan.

“Liverpul” Chempionlar ligasining umumiy “Atletiko Madrid”, “Galatasaroy”, “Ayntraxt”, “Real Madrid”, “PSV Eyndxoven”,  “Inter”, “Marsel” va “Karabax” bilan kuch sinashishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!