Evropa futbolida bir o‘yinda 100dan ziyod uzatma berayotgan yagona futbolchi topildi
WhoScored portali Evropa futbolida bir uchrashuvda 100 dan ziyod uzatma berayotgan futbolchi to‘p tepayotganini aniqladi.
Portal ma’lumotiga ko‘ra, “Bayer” himoyachisi Edmon Tapsoba ana shunday natijalarni qayd etmoqda.
Burkina-Fasodan kelgan futbolchi o‘tgan qishda “Vitoriya”dan “Bayer”ga 20 million evro evaziga transfer qilingan edi. 21 yoshli futbolchi Bundesliga vakili bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsumda Edmon barcha turnirlarda to‘qqiz marta maydonga tushdi.
"Real" "Barsa" kutayotgan futbolchini oladi
“Spartak” qishda O‘runovni transfer qilishga tayyor!

Fikrlar