
Evropa grandlari "yangi Marko Verratti" uchun kurash boshlashdi
PSJ klubi yarim himoyachisi Eduard Mishu Evropa grandlarining e’tiboriga tushdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 17 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Barselona", "Manchester Siti", "Yuventus" hamda "Valensiya" klublari jiddiy kurash boshlashgan. Mutaxassislar Mishuni "yangi Marko Verratti" deb ta’riflashmoqda.
Eduard Mishu hozircha PSJning asosiy jamoasida maydonga tushishga ulgurmagan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar