Evropa klubi qiziqish bildirgan Fayzullaevga rossiyalik mutaxassis maslahat berdi
Yaqin o‘tmishda Rossiyaning eng mashhur futbolchilaridan bo‘lgan Igor Semshov bugungi kunda “Chayka” jamoasini boshqarmoqda.
Tajribali mutaxassis “RB Sport” jurnalisti bilan suhbatda TsSKAda porlay boshlagan Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.
— Fayzullaev TsSKAda o‘zinii yaxshi ko‘rsatyapti, boshlang‘ich tarkibga kirdi va murabbiy unga ishonch bildiryapti.
Abbosbek maydonda o‘ynayotgan paytda boshlang‘ich tarkibda o‘ynash istagi yuqori ekanini isbotlash uchun bor imkoniyatini ishga solishga harakat qilyapti. Fayzullaev o‘zini ko‘rsata olyapti, hali yosh va salohiyati baland o‘yinchi. Hali yanada o‘sishi kerak. Eng muhimi, unda o‘sish istagi bor. Hozirgi paytda – Abbosbek TsSKAni kuchaytira olgan futbolchi hisoblanadi.
— Fayzullaev “Fenerbahche”dan qiziqish bo‘layotganini haqida gap chiqdi. Abbosbek yaqinlashib kelayotgan transfer mavsumida boshqa jamoaga o‘tishi kerakmi?
— Hammaning e’tiboriga tushgan, gol urayotgan va golli pas uzatayotgan futbolchilarga har doim qiziqish bo‘ladi. Balki uning agentlari bu masalani “qizdirayotgandir”.
TsSKA uchun jamoa futbolchilariga qiziqishayotgani yaxshi, albatta. Lekin Abbosbek avval o‘zini shu erda ko‘rsatishi, asosiy tarkibdagi joyini mustahkamlashi kerak, keyin esa boshqa klublarga o‘tsa bo‘ladi.
Futbolchilarga jamoadan jamoaga ko‘chib yurish og‘ir. Chunki har bir jamraga moslashish vaqt oladi. Butun faoliyati davomida u yoqdan bu yoqqa ko‘chib yurish va birorta klubda o‘zini yorqin darajada ko‘rsata olmay o‘tib ketish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yil davomida 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va qit’a musobaqasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Keyin Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham hujumkor futbolchiiz o‘zini ko‘rsata oldi va xorij klublari e’tiborini qozondi.
Abbos Fayzullaev kutilmaganda Moskvaning TsSKA klubi taklifini qabul qildi. Avgust oyida Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz qisqa fursatda asosiy tarkibga yorib kirdi.
20 yoshli legionerimiz TsSKAning hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda va uning harakatlari muxlislarga manzur bo‘lyapti, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanyapti.
Yaqinda Turkiya ommaviy axborot vositalari o‘zbek futbolchisiga Superliga peshqadami “Fenerbahche” qiziqish bildirayotganini yozdi.
— Davralar oralig‘ida transfer harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Fenerbahche”da syurpriz nomzod paydo bo‘ldi.
Bosh murabbiy Ismoil Kartal 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullaevni ko‘z ostiga oldi. Kartal topshirig‘iga ko‘ra, skautlar guruhi o‘zbek futbolchisining o‘yinlarini kuzatib kelgan, - deb xabar tarqatdi https://www.sporx.com sayti.
Abbosbek Fayzullaev TsSKA safida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 9 marta maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Shomurodov faoliyatini davom ettirishi uchun besh variant!
Manba: Shomurodov baribir “Kalyari”dan ketadi!
Evropada O‘zbekiston o‘yiniga e’tibor qaratishdi
“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda
Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!
Fikrlar