“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

  • 16 oktabr, 2023, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Lans” jamoasining faoliyatini yoritib borayotgan https://www.lensois.com sayti milliy chempionatning dastlabki o‘n turi bo‘yicha futbolchilarning o‘yinlari soni va maydonda o‘tkazgan vaqtlari bo‘yicha statistikani e’lon qildi.

Bosh murabbiy Frank Xeyz chempionat boshlanganidan beri 25 nafar futbolchi xizmatidan foydalangan.

Tahlillar “Lans”ning murabbiylar shtabi himoya chizig‘ini o‘zgartirishni yoqtirmasligini ko‘rsatdi. Asosiy tarkib o‘yinchilaridan faqat ikki nafari – darvozabon Bris Samba va himoyachi Kevin Danso barcha uchrashuvlarda to‘liq o‘ynagan xolos.

Himoya qo‘rg‘oni vakillaridan Jonatan Gradit va Fakundo Medina jarohat yoki diskvalifikatsiya tufayli bittadan o‘yinni o‘tkazib yubormaganida Samba va Danso qatorida zikr etilgan bo‘lardi. Aytish joizki, bu ikki himoyachi jamoaga yordam bera olmagan bahslarda ularning o‘rniga Abduqodir Husanov o‘ynadi.

gettyimages-1669653744-2048x2048

19 yoshli futbolchimiz “Mets” va “Lill” jamoalariga qarshi bellashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshlab, juda yaxshi o‘yin namoyish qildi. Legionerimiz har ikki bahsda eng faol harakat qilgan o‘yinchilardan bo‘ldi.

Eng muhimi, Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, har qanday vaziyatda unga ishonch bildirish mumkinligini isbotlay oldi.

“Lans” futbolchilarining Liga 1 turniridagi o‘yinlari soni va maydonda o‘ynagan umumiy daqiqalari quyidagicha bo‘ldi.

 

  1. Bris Samba (10 ta uchrashuv) va Kevin Danso (10 ta uchrashuv): 900 daqiqa

 

  1. Florian Sotoka: 866 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Fakundo Medina: 810 daqiqa (9 ta uchrashuv)

 

  1. Salis Abdul Samed: 789 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Jonatan Gradit: 765 daqiqa (9 ta uchrashuv)

 

  1. Deyver Machado: 651 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Andjelo Fuljini: 602 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Pshemislav Frankovski: 588 daqiqa (9 ta uchrashuv)

 

  1. Endi Diuf: 544 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Adrien Tomasson: 516 daqiqa (10 ta uchrashuv)

 

  1. Ele Vaxi: 442 daqiqa (8 ta uchrashuv)

 

  1. Ruben Agilar: 342 daqiqa (5 ta uchrashuv)

 

  1. Morgan Gilavogi: 233 daqiqa (9 ta uchrashuv)

 

  1. Nampalis Mendi: 210 daqiqa (3 ta uchrashuv)

 

  1. Uesli Said: 187 daqiqa (5 ta uchrashuv)

 

  1. Abduqodir Husanov: 141 daqiqa (2 ta uchrashuv)

gettyimages-1669700977-2048x2048

 

  1. Steyn Spirings: 116 daqiqa (4 ta uchrashuv)

 

  1. Massadio Xaydara: 109 daqiqa (4 ta uchrashuv)

 

  1. Jyulen Le Kardinal: 56 daqiqa (2 ta uchrashuv)

 

  1. David Pereyra da Koshta: 44 daqiqa (3 ta uchrashuv)

 

  1. Nil Al-Aynaui: 31 daqiqa (3 ta uchrashuv)

 

  1. Faitaut Mauassa: 27 daqiqa (1 ta uchrashuv)

 

  1. Ayanda Sishuba: 18 daqiqa (1 ta uchrashuv)

 

  1. Oskar Kortes: 1 daqiqa (1 ta uchrashuv)

 

Manba: Shomurodov baribir “Kalyari”dan ketadi!

Shomurodov o‘ynayotgan tarkib qancha turadi?

Fayzullaev qoyillatyapti!

Fayzullaev “yulduzlik kasali”ga uchradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!