
Evropa ligasi. “Astana” “Vilyareal”ni “qiynadi”
Hozirgina Evropa ligasi 5-turidan o‘rin olgan ilk bahs o‘z nihoyasiga etdi. Unda Qozog‘istonning “Astana” jamoasi o‘z maydonida “Vilyareal”ni qabul qildi.
Gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar nomdor raqiblarini yaxshigina “qiynadilar”. Biroq yakunda tajriba o‘z so‘zini aytib, ispan klubi 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
Evropa ligasi. 5-tur.
“Astana” (Qozog‘iston) – “Vilyareal” (Ispaniya) 2:3 (1:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 22 Kabananga, 1:1 – 39 Raba, 1:2 – 65 Bakambu, 1:3 – 83 Bakambu, 2:3 – 88 Tvumasi.
Astana – Erich, Anichich, Postnikov, Logvinenko (Despotovich, 82), Beysebekov (Graxovats, 68), Mujikov (Tomasov, 71), Maevskiy, Shitov, Shomko, Kabananga, Tvumasi.
Vilyarreal – Barbosa, Bonera, Marin, Rukavina, Ruis, Fornals (Bakambu, 60), Rodri Ernandes, Trigeros, Raba (Gerra, 77), Sansone, Bakka (Soriano, 67).
Ogohlantirishlar: Shomko (43), Marin (63), Maevskiy (70), Sansone (76), Graxovats (90), Kabananga (90).
Fikrlar