Evropa ligasi g‘olibligi ham Sarrini "Chelsi"da olib qololmasligi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining jamoadagi taqdiri hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bosh murabbiyi Roman Abramovich jamoa Evropa ligasida g‘olib chiqqan taqdirda ham italiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishi mumkin. Gap shundaki, Sarri boshchiligidagi jamoaning o‘yinlari rossiyalik milliarderda ijobiy taassurot qoldirmayapti.
Ta’kidlash lozimki, agar Sarri o‘z lavozimini tark etsa, katta ehtimol bilan yana Italiyaga qaytadi. Unga ayni damda "Milan" va "Roma" klublaridan qiziqishlar bor.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi Evropa ligasi final bahsi 29 may kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar