Evropada eng rasvo transferlar aniqlandi
ESPN ekspertlari yozda Evropada amalga oshirilgan transferlar orasidan eng muvaffaqiyatsizlari reytingini tuzib chiqdi.
“Nyukasl”ning 57,7 million evro evaziga “Brentford”dan Yoan Vissani xarid qilgani eng rasvo transfer sifatida qayd etildi. Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi o‘yinchisi hisoblangan Vissa hali “qarg‘alar” safida debyut qilgani yo‘q.
Yoan Vissa – “Brentford”dan “Nyukasl”ga, € 57,7 mln.
Jovanni Leoni – “Parma”dan “Liverpul”ga, € 31 mln.
Xaralampos Kostulas – “Olimpiakos”dan “Brayton”ga, € 30 mln.
Ardon Yashari – “Bryugge”dan “Milan”ga, € 36 mln.
Dariu Esugu – “Sporting”dan “Chelsi”ga, € 22,7 mln.
Tayler Dibling – “Sautgempton”dan “Everton”ga, € 40,5 mln.
Omari Xatchinson – “Ipsvich”dan “Nottingem Forest”ga, € 40 mln.
Fabiu Silva – “Vulverxempton”dan “Borussiya Dormund”ga, € 22,5 mln.
Arno Kalimuendo – “Renn”dan “Nottingem Forest”ga, € 30 mln.
Ben Douk – “Liverpul”dan “Bornmut”ga, € 23,1 mln.



Fikrlar