Evropada Saudiyaga ketishi kutilayotgan 6 futbolchi qoldi
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida yozgi transfer mavsumi yopildi. Biroq, klublar erkin nafas olishiga hali erta.
Saudiya Arabistoni klublari ko‘zga ko‘ringan futbolchilarni katta maoshlar bilan jalb etish harakatini to‘xtatgani yo‘q.
Transfer mutaxassislari Evropa futbolining yana olti vakili Saudiya Arabistonida transfer bozori yopiladigan 7 sentyabrgacha Osiyoga ko‘chib o‘tishi muminligini ta’kidlamoqda.
Bu futbolchilar “Liverpul”dan Muhammad Saloh va Jo Gomes, “Yuventus”dan Pol Pogba, “Sevilya”dan Adnan Yanuzay, hali o‘ziga jamoa topa olmagan Serxio Ramos, PSJga kerak bo‘lmay qolgan Marko Verrattidir.
Fikrlar