Evropada yana bir liga o‘yinlari qachondan davom ettirilishi e’lon qilindi

  • 13.05.2020 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avstriya Bundesligasida mavsum qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi.

AFP nashr tarqatgan xabarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan chempionat 2 iyundan davom ettiriladi. Uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkaziladi va mavsum ertaroq yakunlanishi uchun jamoalar har 3 kunda o‘yin o‘tkazadi.

"Red Bull" va "Austriya" (Lustenau) jamoalari o‘rtasidagi mamlakat kubogi finali esa 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!