
Evropadan yana bir terma jamoa Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi pley-off bosqichi finalidan o‘rin olgan Polsha - Shvetsiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 49-daqiqada Levandovski hisobni ochdi. 72-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Zelinski oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, polyaklar ham Qatardagi mundialga boradigan bo‘ldi.
Fikrlar