Evropaning eng zo‘r klubi Grizmannga xaridor. Antuan ham "Barsa"dan ketishga rozi!

  • 08.07.2021 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – “Chelsi” yozgi transferlar davrida “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Antuan Grizmanni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumki, kataloniyaliklar maosh fonidini pasaytirish uchun katta mablag‘ olayotgan mashhur futbolchilarning bir nechasi bilan xayrlashishni maqsad qilgan. Ular orasida Antuan Grizmann ham bor.

Frantsiyalik hujumchiga londonliklar ustozi Tomas Tuxel jiddiy qiziqmoqda. Aslida     murabbiy Erling xolandni kutayotgan edi. Biroq, dortmundliklar norvegiyalik to‘purarni qo‘yib yubormayapti.

Shu bois, to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan Tuxel masalani Grizmann yordamida hal qilmoqchi.

Antuanning o‘zi ham “Barselona”dagi vaziyatni inobatga olib, yaxshi taklif bo‘lsa, boshqa klubga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!