"Eyndxoven boks kubogi". Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev qiyinchiliksiz keyingi bosqichga chiqdi

  • 7 iyun, 22:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida "Eyndxoven boks kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda. Bugun 2 nafar char qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tarilishi belgilangandi.

Tecno

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Abdumalik Xalokov ozarbayjonlik Mahammadali Gasimzadani qiyinchiliksiz mag‘lub etdi - 5:0.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -70 kg vaznda germaniyalik Omar Sloianni yaqqol ustunlik bilan engdi - 5:0.

Eslatib o‘tamiz, "Eyndxoven boks kubogi" 9 iyunga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/06/2025 05:11
Т.Хабибуллаев кани