"Eyr Fors" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • 29 aprel, 2021, 02:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida "Paxtakor" "Eyr Fors" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan iroqliklar bosh murabbiyi Ayub Odisho matbuot anjumanida ishtirok etdi: 

Tecno

"Biz "Eyr Fors"ning salohiyatini barchaga ko‘rsatish uchun so‘nggi marotaba harakat qilishimiz kerak. Bu erga mutlaqo boshqacha maqsadlar bilan kelgan edik. Ammo yakunda barchasi biz xohlagandek bo‘lmadi. Bir nechta futbolchilarimiz jarohat ham orttirib oldi. Shunday ekan, "Sharja"ni pley-off yo‘llanmasi bilan tabriklayman. 

Ko‘pchilik futbolchilarimiz OFK kubogi havosidan nafas olib ulgurgan, biroq Osiyo Chempionlar Ligasi - boshqa darajadagi turnir. Biz bu erga shunchaki tajriba to‘plash uchun kelmagandik. Futbolda shunday holatlar ham bo‘lib turadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, biz juda ko‘p narsalarni o‘rgandik va ulardan xulosa chiqargan holda, oldinga intilishda davom etamiz. 

Biz milliy chempionatga e’tibor qaratishimiz kerak. Saralash bosqichisiz o‘ynamoqchimiz. Ertangi o‘yin muhim. Ammo undan ham kerakliroq narsa kelgusi mavsumni OChL guruh bosqichida boshlash", - dedi Odisho. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!