"Eyupspor" — "Bashakshehir": Taxminiy tarkiblar bilan tanishing
Turkiya Superligasining 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Eyupspor" o‘z maydonida "Istanbul Bashakshehir" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs oldidan Fanatik nashri jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Turkiya kubogi doirasida "Fatih Karagyumryuk"ga qarshi o‘yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zini noqulay his qilgani sababli 26-daqiqada zahiraga olingan edi. Ammo u bugun uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi mumkin.
Shuningdek, Abbosbek Fayzullaevning ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
"Eyupspor": Jankat, Talha, Onguene, Mendi, Umut Merash, Tashqin, Torres, Emre, Baran Ali, Pintor, Umut Bozok.
"Bashakshehir": Muhammad, O‘mer Ali, Duarte, Opoku, Operi, Umut G‘unesh, Kemen, Fayzullaev, Shomurodov, Kharit, Selke.
Ma’lumot uchun, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30'da start oladi.

Fikrlar