Eze "Arsenal"dagi debyutiga tayyorlanmoqda
"SunSport" nashrining xabariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubiga yaqinda qo‘shilgan Eberechi Eze jamoa murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirdi.
Hujumchi asosiy mashg‘ulot tugaganidan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulot o‘tkazgani qayd etilmoqda. Katta ehtimol bilan bolaligidan "Arsenal" muxlisi bo‘lgan Eze yaqin dam olish kunlari jamoa safida debyut qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Eze ushbu yozda "Kristal Pelas"dan "kanonirlar" safini to‘ldirdi va klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
31 avgust, yakshanba kuni "Arsenal" APLning 3-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.



Fikrlar