Fabio Kannavaro murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shilganini ma'lum qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z shtabiga bir nechta mutaxassislarni jalb qilganini e’lon qildi.
"Tabassum, mehnat va ishtiyoq. Biz FIFA Series musobaqasini, birinchi Jahon chempionatimiz yanada yaqinlashib kelayotganini anglagan holda, Toshkentda qarshi olamiz. Shu bilan birga, biz uch nafar ajoyib mutaxassisni murabbiylar shtabiga qo‘shib olmoqdamiz: ukam Paolo — u Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan beri biz bilan birga yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda, shuningdek, fizioterapevt Simone Sijillo va tibbiy tomondan, 2006 yili Italiya terma jamoamiz bilan Jahon chempioni bo‘lgan professor Enriko Kastellacchi", — deb yozdi mutaxassis o‘z Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, "Oq bo‘rilar" 27 mart kuni Gabonga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar