Fabrizio Romano Alonsoning "Liverpool"ni boshqarishi haqida gaplarga oydinlik kiritdi

  • 26.01.2026 17:12
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli insayder Fabrizio Romano Xabi Alonsoning "Liverpul"ni boshqarishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi. 

"Menda "Liverpul"ning Alonso agentlari bilan rasmiy aloqalar haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Xabi iloji boricha tezroq qaytmoqchi. "Liverpul"da uning variantini avval ham ko‘rib chiqishgan va hozir ham bu fikrdan qaytganlari yo‘q. Agar klubda o‘zgarish qabul qilinsa, u asosiy variant bo‘ladi, ammo hozircha hech qanday yangilik yo‘q", - dedi Romano.

Ma'lumot uchun, Arne Slot boshchiligidagi mersisaydliklar chorshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasida "Qorabog‘"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!