Fabritsio Romano Messining kelajagiga oydinlik kiritdi
AQShning Major League Soccer chempionati navbatdagi mavsumi nihoyasiga etdi. Liganing eng mashhur yulduzi Lionel Messi musobaqaning so‘nggi o‘yinida xet-trik qayd etdi.
Argentinalik futbolchining uchta goli “Inter Mayami”ga “Neshvill” maydonidan 5:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytish imkonini berdi.
Leoning floridaliklar bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni tugaydi. Taniqli insayder Fabritsio Romano bu vaziyatga oydinlik kiritdi.
- Lionel Messi muntazam chempionatni “Inter Mayami” tarkibida gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha 48 ball bilan yakunladi. Messining klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari hal qiluvchi pallaga kirgan.
38 yoshli futbolchi klubda qoladigan bo‘lyapti. Ayni paytda kelishuvning so‘nggi bandlari ko‘rib chiqilmoqda va tez orada hujjat rasman imzolanadi.
Lionel Messi bor e’tiborini “Inter Mayami” loyihasiga qaratgan, - deb yozdi Fabritsio Romano.
“Inter Mayami” endi pley-off bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar