Fabritsio Romano: "Ronalduning Saudiya klubiga o‘tishi shunchaki mish-mish"

  • 6 dekabr, 2022, 06:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Hattoki, portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibiga yanvar oyidagi transfer oynasida borib qo‘shilishi, tomonlar allaqachon 2,5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.

Ammo taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, bu gaplarning barchasi shunchaki mish-mish. Ronaldu hech qanday shartnomaga imzo chekmagan va hali kelajagi borasida biror qarorga kelmagan. U ayni paytda bor e’tiborini Portugaliya bilan Jahon chempionatida yaxshi natija qayd etishga qaratgan.

Krishtianu boshchiligidagi portugallar mundial nimchorak finali doirasidagi bahsni Shveytsariyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!