
Fakt! "Mash’al" 5 o‘yindan beri "Nasaf"ni mag‘lubiyatga uchrata olmayapti
«Nasaf» Superliganing qoldirilgan 8-turida Muborakning «Mash’al» jamoasini qabul qiladi. Derbi 9 iyul kuni kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs soat 20:00da boshlanadi. Qarshiliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 32 bor kuch sinashishgan. 17 uchrashuvda «ajdarlar», 8 o‘yinda esa «gazchilar» zafar quchgan. 7 bellashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi 52-29ga teng. Ustunlik "Nasaf" tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Mash’al» 4:1, «Mash’al» – «Nasaf» 4:1.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2020 yili 2 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu bahsda "ajdarlar" yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
02.10.2020 Nasaf — Mash’al 4:1
21.06.2020 Mash’al — Nasaf 0:0
26.10.2017 Mash’al — Nasaf 1:2
18.05.2017 Nasaf — Mash’al 1:0
23.11.2016 Nasaf — Mash’al 2:0
Fikrlar