
FAKT! Shukurullaev ishlagan o‘yinlarda "Paxtakor" bu mavsum hali mag‘lub bo‘lmagan
Superliga 25-turi doirasida "Paxtakor" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Ushbu bellashuvni Akobirxo‘ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Qizig‘i, ushbu referi ishlagan o‘yinlarda "sherlar" hali mag‘lubiyatga uchramagan - 2 g‘alaba va shuncha durang. Dastlab mavsumning ilk o‘yini bo‘lgan "Nasaf"ga qarshi Superkubok uchrashuvida poytaxtliklar 1:0 hisobida zafar quchgan.
So‘ngra Superliga 4-turida "Navbahor"ga qarshi bahsda ham xuddi shunday natija qayd etilgan. Ahamiyatlisi, ikki durang ham aynan shu ikki jamoaga qarshi bellashuvlarda qayd etilgan.
Chempionat 7-turida "ajdarlar" bilan nursiz durang va 17-turda "lochinlar" bilan 1:1 hisobida murosa ko‘chasi tanlangan.
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar