
FAKT! "So‘g‘diyona" Muborakda "Mash’al"ga qarshi 12 o‘yinning faqatgina bittasida g‘alaba qozongan xolos
Superliganing ilk turida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi safarda, Muborakning "Mash’al" klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs "So‘g‘diyona"ning Superligadagi 663 o‘yin bo‘ladi. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng, Muborakning "Mash’al" jamoasi yana Superligaga qadam qo‘ydi.
"Mash’al” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:
13.10.2017 Mash’al - So‘g‘diyona 0:0
16.09.2016 Mash’al - So‘g‘diyona 1:1
18.09.2015 Mash’al - So‘g‘diyona 0:0
03.08.2014 Mash’al - So‘g‘diyona 3:2
21.05.2011 Mash’al - So‘g‘diyona 1:1
09.11.2009 Mash’al - So‘g‘diyona 2:0
02.11.2008 Mash’al - So‘g‘diyona 0:0
10.08.2006 Mash’al - So‘g‘diyona 3:0
15.04.2005 Mash’al - So‘g‘diyona 5:1
10.03.2004 Mash’al - So‘g‘diyona 0:1
16.11.2002 Mash’al - So‘g‘diyona 1:0
31.05.1996 Mash’al - So‘g‘diyona 1:1
07.10.1995 Mash’al - So‘g‘diyona 2:0
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt:
Muborakdagi 12 ta o‘yindan 6 tasida “Mash’al”, bittasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 5 o‘yinda durrang natijasi qayd etilgan. Oxirgi sakkiz yilda “So‘g‘diyona” safarda “Mash’al”ni mag‘lub eta olmagan.
O‘zaro ustunlik:
“So‘g‘diyona” va “Mashal” oliy ligada 24 bora to‘qnash kelishgan. Natijalar Muborak jamoasining katta ustunligini ko‘rsatmoqda.
“Mash’al” 12 marta bu jamoadan ustun kelgan. “So‘g‘diyona” 6 marta g‘alaba qozongan va 7 bor durang o‘ynagan. “Mash’al” to‘plar nisbatida ham ustunlikka ega – 36:22. “Gazchilar” o‘zaro o‘yinlarda 42, “So‘g‘diyona” esa 24 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Jizzaxliklarning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi 3:0, “Mash’al”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:1ga teng.
Fikrlar