
Falkao 2-3 hafta "Monako"ga yordam berolmasligi mumkin
"Monako" klubi forvardi Radamel Falkao Frantsiya chempionatining 24-turida "Lion"ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar 31 yoshli kolumbiyalik futbolchi kamida 2-3 hafta maydonga tusholmasligini ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Falkao joriy mavsum monakoliklar safida jami 29ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 23ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar