"Fantastik beshlik" himoyachilar ma’lum qilindi
CIES ma’lmotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi eng qimmat markaziy himoyachilari ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi va "Leyptsig"ning 20 yoshli himoyachisi Yoshko Gvardiol 126 million evro bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Portugaliyalik "Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash esa 105 million evroga baholanmoqda. "Real" futbolchisi 102 million evroga narxlangan bo‘lsa, "Barselona"ning frantsiyalik himoyachisi Jyul Kunde 99 million evro bilan 4-pog‘onani band etib turibdi.
Kuchli beshlikka 80 million evro bilan Londonning "Arsenal" jamoasi futbolchisi Vilyam Saliba yakun yasagan.



Fikrlar