Faoliyati to‘xtagan "Metallurg" Pro ligaga qaytdi

  • 23.01.2026 22:11
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Bekobodning "Metallurg" futbol klubi faoliyati rasm an qayta tiklandi. Mazkur klub faoliyati 2024 yilda to‘xtatilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, "Metallurg" yana Pro ligada ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan maxsus tadbir tashkil etildi. Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, quyidagicha fikr bildirdi:

"Metallurg" oldingi mavqeini yana tiklab, milliy terma jamoaga iqtid orli futbolchilarni tayyorlab berishida omad tilayman", — dedi Irmatov.

Shuningdek, klub rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Ulug‘bek Mirzayev bosh direktor, Ilhom Mo‘minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!