Faqat Husanov emas! Abbosga ham Evropaning grand jamoasidan taklif bo‘ldi

  • 3 dekabr, 2024, 20:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan Frantsiyaning "Monako" klubi TsSKA va O‘zbekiston Milliy terma jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullaevni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. RB Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, frantsuz klubi yozgi transferlar oynasida hamyurtimiz uchun 15 million evro sarflashga tayyor.

Ta’kidlash kerak, "armiyachilar" yosh futbolchimizni eng kamida mavsum so‘nggiga qadar tarkibda olib qolish niyatida. Abbosbek joriy mavsum Moskva klubi tarkibida jami 22 bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta assistni o‘z nomiga rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!