Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov "Neftchi"ga yordam berishga tayyor
Bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Hayitboevich Bozorov Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan va Superligadan joy olish uchun astoydil kurashayotgan "Neftchi" futbol klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg?1604851353829)
Futbolchilar chempionat o‘yinlarini o‘tkazish uchun safarda bo‘lganligi bois, viloyat hokimi klub rahbarlari bilan jamoaning moddiy-texnik sharoiti va imkoniyatlarini yanada yaxshilash, "Neftchi"ning Superligaga qaytib, Farg‘ona futboli an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirishi uchun zarur shart-sharoit, imkoniyatlar yaratish kerakligini ta’kidladi. Klub rahbari Zohidjon G‘ofurov viloyat hokimiga bu sohada qilinayotgan ishlar, navbatdagi maqsad va rejalar haqida batafsil axborot berdi.

Xayrullo Bozorov "Neftchi" mamlakatimizning mashhur va boy tarixga ega ekani, ko‘pming sonli muxlislar uning azaliy shon-shuhrati hamda an’analari tiklanishiga katta umid bog‘layotganligini e’tiborga olib, viloyat hokimligi bu ishni muvaffaqiyatli hal etishga yordam berish uchun tayyorligini aytib o‘tdi.
Fikrlar